DILERLIK VA SERVIS MARKAZI FAOLIYATINI BOSHLADI
2026-11-20 20:05:00 / Yangiliklar

DILERLIK VA SERVIS MARKAZI FAOLIYATINI BOSHLADI
Samarqand viloyatida fermer xo‘jaliklarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash, ularni moliyalashtirish, malakali mutaxassislar tayyorlash hamda texnikalarga sifatli servis xizmatlari ko‘rsatishni yagona tizim asosida tashkil etishga qaratilgan «Charosxon metan» dilerlik va servis markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur markaz «O‘zavtosanoat» AJ, Samarqand viloyati hokimligi, «Agrobank» ATB hamda «AgroTech Klaster» hamkorligida tashkil etildi.
Yangi markazning ishga tushirilishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash, fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, texnikalardan samarali foydalanish hamda sohada yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
