PASTDARG‘OMDA OBODLIK VA FAYZLILIK TARG‘IBOTI BAYRAMONA RUHDA DAVOM ETMOQDA!
2026-11-20 17:00:00 / Yangiliklar

PASTDARG‘OMDA OBODLIK VA FAYZLILIK TARG‘IBOTI BAYRAMONA RUHDA DAVOM ETMOQDA!
Pastdarg‘om tumanida mahallalar o‘rtasida obodlik, ozodalik va ko‘rkamlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan «Eng fayzli hovli», «Eng obod ko‘cha» hamda «Eng namunali mahalla» ko‘rik-tanlovi doirasida ko‘tarinki kayfiyatdagi bayram tadbiri o‘tkazildi.
O‘zgacha shukuh va bayramona ruhda tashkil etilgan tadbir badiiy sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda turli chiqishlar bilan boshlandi.
Tadbir davomida mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, ko‘chalar va xonadonlar ozodaligini ta’minlash, aholi o‘rtasida ekologik madaniyat va daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish kabi ezgu maqsadlar alohida e’tirof etildi.
Ta’kidlash joizki, ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalari va g‘oliblari joriy yilning dekabr oyida aniqlanadi. Shundan so‘ng eng munosib ishtirokchilar belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
