PASTDARG‘OMLIK BOKSCHI QIZDAN TARIXIY G'ALABA!
2026-11-13 11:05:00 / Yangiliklar

PASTDARG‘OMLIK BOKSCHI QIZDAN TARIXIY G'ALABA!
Mamlakatimiz sporti, xususan, o‘zbek boksi tarixida yana bir yorqin va unutilmas sahifa ochildi.
Senegal poytaxti Dakar shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Dakar-2026” yoshlar Olimpiya o‘yinlarida -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan tumandoshimiz Sabrina Chakomanova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi!
Musobaqaning final bosqichiga qadar ishonchli tarzda yetib kelgan charm qo‘lqop ustamiz oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi jangda kolumbiyalik kuchli raqibasi Salas Trejosga qarshi ringga chiqdi.
Bahs davomida o‘zining yuksak mahorati, tezkorligi va irodasini namoyish etgan Pastdarg‘om farzandi raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, ushbu zafar orqali Sabrina Chakomanova o‘zbek boksi tarixida qizlar o‘rtasida ilk bor yoshlar Olimpiadasi chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo‘lib, nomini tarix zarvaraqlariga muhrladi.
Ushbu g‘alaba, O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida baland ko‘targani bilan sportchimizni, uning ota-onasi, ustoz va murabbiylarini, shuningdek, barcha pastdarg‘omlik sport ixlosmandlarini Pastdarg‘om tumani hokimligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
