TADBIRKOR YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
2026-11-12 18:05:00 / Yangiliklar

TADBIRKOR YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Pastdarg‘om tumanida yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun tuman hokimi J. Pardayev DXX mas’ullari, tuman prokurori va tegishli tashkilotlar vakillari hamrohligida faol tadbirkor yoshlar hamda o‘z biznesini boshlash istagidagi yoshlar bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan yangi biznes loyihalarini amalga oshirish, mavjud tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, kredit olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va ijro muddatlari belgilandi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolariga yechim topish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratildi.
