SAYYOR QABUL E’LON QILINADI!
2026-10-29 16:00:00 / Yangiliklar

SAYYOR QABUL E’LON QILINADI!
Oliy sud raisi o‘rinbosari Akram Shukurov Samarqand viloyati aholisi uchun sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazadi.
Qabul manzili: Pastdarg‘om tumani, Juma shahrida joylashgan Madaniyat uyi.
Sana: 2026-yil 30-oktabr, juma
Vaqt: soat 10:00
Sud-huquq masalalari bo‘yicha muammo va murojaatlari mavjud fuqarolar sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: 97 136-12-86
Marhamat, sayyor qabulda ishtirok eting!
