TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O'RGANILDI
2026-10-29 14:00:00 / Yangiliklar

TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O'RGANILDI
Pastdarg‘om tumanida iqtisodiy faollikni oshirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlarning muammolarini joyida hal etishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlar izchil davom etmoqda.
Tuman hokimi J.Pardayev IIB boshlig‘i va tegishli mutasaddi tashkilotlar mas’ullari hamrohligida tumanda amalga oshirilayotgan yangi tadbirkorlik loyihalari ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlarning dastlabki manzili tumanning Mehnat mahallasi bo‘ldi.
Bu yerda tadbirkor Xudayqulov Nurbek tomonidan amalga oshirilayotgan "Yengil konstruksiyali ko‘chma inshootlar ishlab chiqarish" loyihasi ko‘zdan kechirildi.
Loyihaga ko‘ra, tadbirkor tomonidan aholi va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy mahsulotlar tayyorlanishi rejalashtirilgan bo'lib, bunda 10 ta ko‘chma hammom, 5 ta ko‘chma uy, 10 ta ko‘chma do‘kon ishlab chiqariladi.
Muhimi, ushbu tashabbusning hayotga tatbiq etilishi evaziga mahalliy 6 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
O‘rganish davomida tadbirkorning faoliyatini yanada kengaytirish, uning imkoniyatlarini oshirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shundan so‘ng, tuman rahbari Boltali mahallasida bo'lib, hududdan oqib o‘tuvchi "Darg‘om" kanali bo‘yida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy va tadbirkorlik loyihalarining bugungi kundagi holatini ko‘rib chiqdi.
Maydonda viloyat va tuman darajasidagi mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirokida muhokama o‘tkazildi.
Unda loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar tinglanib, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
