PASTDARG‘OMLIK YOSH SPORTCHILAR PREZIDENT OLIMPIADASIDA MUNOSIB ISHTIROK ETMOQDA
2026-10-29 12:00:00 / Yangiliklar

PASTDARG‘OMLIK YOSH SPORTCHILAR PREZIDENT OLIMPIADASIDA MUNOSIB ISHTIROK ETMOQDA
Prezident olimpiadasi musobaqalarida pastdarg‘omlik yosh sportchilar munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etmoqda.
Jumladan, dzyudo sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Dilso‘z Norboyeva (40 kg) hamda Gulyora Ergasheva (32 kg) barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yengil atletika sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda ham samarqandlik yoshlar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
300 metrga yugurish bahslarida o‘smirlar o‘rtasida Abdunazarov Daler Edor o‘g‘li 38,729 soniya natija bilan, o‘smir qizlar o‘rtasida esa Qarshiboyeva Mehriniso Ilxom qizi 43 soniya natija bilan 2-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, 1000 metrga yugurish bahslarida Sarvar Mehroj o‘g‘li Ibroximov 2 daqiqa 46,87 soniya natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Ushbu natijalar yosh sportchilarimizning tinimsiz mehnati, maqsad sari intilishi va sportga bo‘lgan yuksak ishtiyoqining samarasidir.
G‘olib va sovrindor sportchilarimizni, ularning murabbiylarini samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
