YUKSAK ISHONCH VA SHIJOAT MEVASI
2026-10-27 15:00:00 / Yangiliklar

YUKSAK ISHONCH VA SHIJOAT MEVASI
Pastdarg‘om tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezident olimpiadasining Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan iqtidorli va shijoatli yoshlar bilan rahbarlar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilgan edi.
Ushbu samimiy uchrashuv va ko‘rsatilgan yuksak e’tibor yosh sportchilarimizga o‘zgacha kuch, g‘ayrat hamda mustahkam ishonch bag‘ishladi.
Natijada, bugun start olgan nufuzli musobaqada pastdarg‘omlik yoshlar bahslarni katta shijoat bilan boshlashdi.
Quvonchli va faxrli tomoni shundaki, musobaqaning ilk kuniyoq tumandoshimiz dastlabki oltin medalni jamoamiz hisobiga yozib qo'ydi.
Yengil atletika bo‘yicha 3000 metrga sportcha yurish bahslarida munosib qatnashgan Pastdarg‘om tumani Gumbaz mahallasida istiqomat qiluvchi sportchimiz Shaxnura Elyorovna Yo‘ldashova faxrli 1-o‘rinni egalladi va Prezident olimpiadasining oltin medali hamda chempionlik diplomiga sazovor bo‘ldi.
Yosh sportchimiz va uning ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, musobaqada qatnashayotgan barcha pastdarg‘omlik yoshlarga navbatdagi zafarlarni tilaymiz!
