SHIJOATLI YOSHLAR - BIZNING FAXRIMIZ!
2026-10-27 13:05:00 / Yangiliklar

SHIJOATLI YOSHLAR - BIZNING FAXRIMIZ!
Pastdarg‘om tumani yoshlari nufuzli musobaqalarda hamda sport belashuvlarida yuksak natijalarni qo‘lga kiritib, tuman sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.
Pastdarg‘om tumani hokimligida joriy yilgi O‘zbekiston Respublikasi Prezident olimpiadasining Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan iqtidorli va shijoatli yoshlar bilan tuman hokimi J.Pardayev, prokuror, Xalq Deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi o‘rtasida samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu tadbirda sport olamida xususan, boks, yengil atletika, dzyudo, qilichbozlik, chim ustida hokkey sport turlari bo'yicha o‘z iqtidori va matonatini namoyish etib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi yoshlarimiz ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yoshlarimizning erishgan yutuqlari va mehnatlari alohida e’tirof etilib, ularning kelgusi Respublika bosqichidagi bellashuvlarida ulkan zafarlar, zafarli odimlar va omadlar tilandi.
Shuningdek, ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tumanimizda sportni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda kelgusida oldimizda turgan muhim vazifalar va rejalar batafsil muhokama qilindi.
Oltin medallar va yuksak marralar sari intilayotgan yoshlarimizga Respublika bosqichida ham g‘oliblik shohsufpasiga ko‘tarilishlarini tilab qolamiz!
