IQTIDORLI QIZLAR SARALANDI
2026-10-20 16:05:00 / Yangiliklar

IQTIDORLI QIZLAR SARALANDI
Pastdarg‘om tumanidagi Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida bilimdon xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining tuman bosqichi tashkil etildi.
Ushbu nufuzli tanlovda tumanning 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan eng iqtidorli, tashabbuskor va zukko qizlari ishtirok etishdi.
Ular quyidagi 9 ta asosiy yo‘nalish fan va ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari, jamoatchilik faoliyati, tibbiyot bo‘yicha o‘zlarining bilim, salohiyat va erishgan muvaffaqiyatlarini namoyon qildilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan har bir ishtirokchining erishgan natijalari, ijodiy yutuqlari va jamiyatdagi faolligi xolis baholandi.
Qizg‘in va murosa-siz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, o‘z yo‘nalishlarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan eng munosib va iqtidorli Zulfiyaxonim izdoshlari tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Viloyat bosqichida Pastdarg‘om tumani sharafini munosib himoya qilish huquqini qo‘lga kiritgan barcha g‘olib qizlarimizga navbatdagi mas’uliyatli bosqichda ulkan zafarlar va omad yor bo‘lishini tilaymiz!
