HURMATLI TUMANDOShLAR VA TUMANIMIZ MEHMONLARI !
2026-10-09 15:05:00 / Yangiliklar

ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI TUMANDOShLAR VA TUMANIMIZ MEHMONLARI !
Tumanimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarimizni va tashrif buyurgan tumanimiz mehmonlarini, sodir etilishi mumkun bo‘lgan jinoiy xavf xatarlardan ogoh bo‘lishingizni so‘rab sergaklikka chaqiraman.
2026 yil 9 oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator umumprofilaktik ishlar amalga oshirildi.
Sodir etilgan jinoyatlarni xisobga qo‘yish va o‘z vaqtida keng jamoatchilik oldida muhokama qilish, bevosita oldi olinadigan jinoyatlarning sodir etilishi mexanizmlarini, yo‘l qo‘yilgan omillarni mahallalarda keng muhokama qilish bo‘yicha jinoyatlarning sodir etilish sabablari, unga imkon bergan omillarni o‘rganish va bartaraf qilish borasidagi ishlarga alohida e’tibor berildi.
Ayniqsa, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Xavfsiz hudud”, “Tig‘”,“Tun”, “Tozalash” tadbirlari, muqaddam sudlanganlar bilan olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish maqsadida “Nazorat”, Probatsiya hisobidagilarni nazorat qilish bo‘yicha “Ijro”, oila turmush munosabatlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha “Turmush” maxsus-profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki!
Olib borilgan ushbu umumprofilaktik ishlar natijasida, bosqinchilik kabi jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, qotillik, og‘ir tan jaroxati yetkazish, yengil tan jaroxati yetkazish, bezorilik, avtotansport vositasini olib qochish va yo‘l transport hodisasi sodir etish jinoyatlari kamayishiga erishildi
Umumiy jinoyatlarning 171 tasi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etmoqda.
Tumanda jami 100 ta mahallalar mavjud bo‘lib, jinoyatchilik mahallabay tahlil qilinganida ularning 27 tasida jinoyat sodir etilmadi.
Tumanimizdagi mahallalarini jinoyatlar sodir etilish toifasiga ko‘ra;
- “Qizil” mahallalar 10 tani tashkil etib “Balxiyon”, “Parchaqara”, “Guliston”, “Paxtakor” “Samarqand”, “Navro‘z”, “Oltiqaxramon”, “Qoramang‘it”, “A.Temur” va “Turon” mahallalarni tashkil etadi.
- 50 tasi "sariq" ya’ni jinoyati barqaror saqlangan mahallalar toifasiga kiritildi.
- 40 tasi “yashil” ya’ni jinoyatning og‘irlik darajasidan kelib chiqib, mahallalar toifasiga kiritilgan.
Natijada, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 5,8 foizga, ulardan qotillik 20,0 foizga, og‘ir tan jarohati yetkazish 25,0 foizga, bosqinchilik 100 foizga, bezorilik 42,9 foizga, avto transport vositasini olib qochish 75,0 foizga hamda yengil tan jarohati yetkazish 17,4 foizga kamayishiga erishilgan.
Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 50,0 foizga, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 36,8 foizga, guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 66,7 foizga hamda muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 53,3 foizga kamaygan.
O‘tgan yil davomida qizil toifada bo‘lgan 11 ta mahallalarda olib borilgan profilaktik choralar natijasida 4 ta mahallalarda jinoyat sodir eitilishining oldi olinganligi natijasida “yashil” va “sariq” toifaga o‘tib, kelgusida bu borada chora-tadbirlar belgilab olindi. Qolgan 7 ta mahallalarni ham qizil toifadan chiqarish borasida targ‘ibot tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi. Biroq, amalga oshirilgan profilaktik chora tadbirlarga qaramasdan tuman hududida joriy yilning o‘tgan davri davomida sodir etilgan jami jinoyatlar 40,0 foizga oshib, sodir qilingan jinoyatlar 100 ming aholiga nisbatan 167,48 tani tashkil qiladi.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 05 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorida ham bu borada voyaga yetmagan va yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek yoshlar bilan axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilishda Siz, aziz farzandlaringizga to‘g‘ri yo‘nalishlarni tashkil etishligingizni so‘raymiz.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari xotin–qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash borasida ham bir qator chora –tadbirlar belgilab kelinmoqda, shuningdek,
1154 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan
xotin-qizlar himoya orderlari berildi.
Himoya orderi talablariga rioya qilmagan jami
22 nafar shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 05 yanvar kunidagi PQ-1-sonli qaroriga asosan tumanimizda jinoyatchilikni oldini olishga va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida:
Ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 13 014 nafar shaxslar aniqlanib, “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilgan bo‘lib, 10 581 nafari (81,3 foizi)ning muammolari hal etildi.
2013 nafar profilaktik hisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar davolanishga yotqizildi.
Bugungi kunda global muammolardan biri bo‘lib kelayotgan Kiber jinoyatlarning ortib borayotganligini guvohi bo‘lib turibmiz. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanimizda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar 197 tani tashkil qiladi. Bu borada tuman miqyosida keng qamrovli profilaktik tadbirlar hamda targ‘ibot tashviqot harakatlari olib borilmoqda, shuningdek Sizni pullaringizni osongina ko‘paytirib berish haqidagi takliflar kelib tushganda, bilingki bu Sizning pul mablag‘laringizni o‘zlashtirish uchun qo‘yilgan tuzoqdir, zero hech kim Sizga biron bir harakatsiz pullaringizni ko‘paytirib bermaydi.
Bundan tashqari, Sizdan nomaʼlum shaxslarga shaxsiy maʼlumotlaringizni (bank kartasi raqami, SMS-kodlar, pasport maʼlumotlari) bermaslikni, internet orqali savdo va xizmatlardan foydalanganda faqat ishonchli manbalarni tanlashingizni so‘rayman.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari bu borada huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tumanimizni kiber jinoyatdan holi hududga aylantirish yuzasidan tuman miqyosida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Siz aziz fuqarolarimizdan plastik karta raqamlaringizni xech kimga aytmasligingizni, o‘zingizdan boshqa o‘zga shaxslarga bu borada ishonmasliklaringizni, ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn savdo orqali o‘zingiz tanimagan bilmagan shaxslarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmasligingizni, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali turli xil telegram botlarga a’zo bo‘lmasligingizni so‘rab qolamiz!
E’TIBORINGIZ UChUN RAXMAT !
