PASTDARG‘OMLIK MATONAT SOHIBASIGA MUNOSIB MUKOFOT
2026-10-02 12:00:00 / Yangiliklar

PASTDARG‘OMLIK MATONAT SOHIBASIGA MUNOSIB MUKOFOT
Yaqinda Samarqand shahrida ilk bor tashkil etilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda 3-Parashaxmat olimpiadasi o‘zining ko‘lami va nufuzi bilan tarixdan joy oldi.
Dunyoning 200 dan ziyod davlatidan tashrif buyurgan eng kuchli, mahoratli shaxmatchilar o‘zaro bahs olib borgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi, Pastdarg‘om tumani Furqat mahallasida yashovchi Guldona Karimova ham munosib ishtirok etib, Vatanimiz sharafini himoya qildi.
Tumandoshimizning matonati, shaxmat taxtasidagi aqlli yurishlari va erishgan yutuqlari munosib e’tirof etilib, Prezidentimiz tomonidan "Sog‘lom turmush" medali bilan taqdirlandi.
Bu kabi yutuqlar yurtimizda yoshlarning, jumladan, xotin-qizlarning ilm-fan va sportda o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon etishi uchun yaratilayotgan keng sharoitlarning yana bir yorqin namunasidir.
