YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
2026-09-24 19:00:00 / Yangiliklar

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Pastdarg‘om tumani hokimi J.Pardayev, DXX tuman mas’uli, prokuror, IIB boshlig‘i o‘rinbosari, soliq inspeksiyasi rahbari va tegishli mutasaddilar hamrohligida, «Payshanba - yoshlar kuni» munosabati bilan Ag‘ron va Paxtachi mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
72-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan «Rahbar va yoshlar» ochiq muloqotida o‘quvchi va uyushmagan yoshlar qatnashib, o‘zlarining muammo hamda takliflarini ilgari surdi.
Barcha masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ullarga yo‘naltirildi.
Bu kabi uchrashuvlar nafaqat yoshlarning muammolarini aniqlash, balki ularning salohiyatini yuzaga chiqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
