PASTDARG‘OM TUMAN “KELAJAK” MARKAZIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
2026-09-23 08:00:00 / Axborot xizmati

PASTDARG‘OM TUMAN “KELAJAK” MARKAZIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Pastdarg‘om tuman “Kelajak” markazida 2026–2027-o‘quv yili munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Samarqand viloyat “Kelajak” markazi direktori markaz faoliyati, to‘garaklarda olib borilayotgan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, maktab maslahatchilari hamda o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, takliflari va to‘garaklarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
