PASTDARG‘OMLIK PEDAGOG "YIL O'QITUVCHISI"
2026-09-21 14:05:00 / Axborot xizmati

PASTDARG‘OMLIK PEDAGOG "YIL O'QITUVCHISI"
Ta'lim-tarbiya tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ilg'or pedagoglarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning tajribasini ommalashtirishga qaratilgan "Yil o'qituvchisi" tanlovining Samarqand viloyati bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.
Quvonarlisi shuki, unda Pastdarg‘om tumanidagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchisi Karimova Laylo Umarovna yuqori natija ko'rsatib, viloyat g'olibiga aylandi.
Uning bu yutug'i nafaqat Pastdarg‘om tumani ta'lim xodimlari, balki barcha tumandoshlarimiz uchun faxr hisoblanadi.
Biz Laylo Umarovnaning kelgusidagi pedagogik faoliyatida yanada yuksak marralar zabt etishini tilaymiz!
