XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI DOIMIY E'TIBOR MARKAZIDA
2026-09-18 20:05:00 / Yangiliklar

XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI DOIMIY E'TIBOR MARKAZIDA
Pastdarg‘om tumanida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni manzilli hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xatlov jarayonlari davomida har bir xotin-qizning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi, salomatligi va mavjud muammolari o‘rganilib, “Xotin-qizlar balansi” shakllantirilmoqda.
“Ayollar daftari” va ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilanmoqda.
Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublika ishchi guruhi hamda Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari tomonidan To'qboy va Po'latchi mahallalarida “Xotin-qizlar balansi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ko‘makni yanada kuchaytirish va ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
