MILLIYLIGIMIZ - O‘ZLIGIMIZ DEMAKDIR
2026-09-11 20:05:00 / Yangiliklar

MILLIYLIGIMIZ - O‘ZLIGIMIZ DEMAKDIR
Maʼlumki, haftaning har juma kuni Pastdarg‘om tumanida "Milliy libos-millat qiyofasi" shiori ostidagi loyihalar amalga oshirib borilmoqda.
Shunga ko‘ra, tumanimizdagi Furqat mahallasida tuman Oila va Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan milliylikni targ‘ib etuvchi tadbir tashkil etildi.
Bu kabi ishlarda o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, yosh avlod qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat va sadoqat g‘oyasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsad qilingan.
