XALQ QABULXONASIDA FUQAROLAR UCHUN QABUL
2026-09-15 19:10:00 / Yangiliklar

XALQ QABULXONASIDA FUQAROLAR UCHUN QABUL
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pastdarg‘om tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Jamshid Pardayev tomonidan belgilangan reja-grafik asosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ish bilan taʼminlash, yer egaligi, uy-joy taʼmiri, yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi va oilaviy muammolarga doir turli masalalar ilgari surildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddilarga yo‘naltirildi.
