YOSHLAR UCHUN OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-09-10 16:00:00 / Yangiliklar

YOSHLAR UCHUN OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Juma shahridagi Yoshlar bog‘ida "Payshanba - yoshlar kuni" munosabati bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
Tuman hokimi J.Pardayev, DXX tuman masʼuli, prokuror, IIB boshlig‘i, Respublika tijorat banklari vakillari, Xalq banki viloyat filiali rahbari hamda korxona-tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etgan qabul davomida yosh avlod vakillarining turli masalalar yuzasidan yo‘llagan muammo va takliflari tinglandi.
Jumladan. yoshlar tomonidan tadbirkorlik uchun ko‘mak, tibbiyot, kadastr, taʼlim krediti, bandlik kabi 100 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Barcha masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddilarga yo‘naltirildi.
