BIRINCHI QO'NG'IROQ YANGRADI
2026-09-02 10:05:00 / Yangiliklar

BIRINCHI QO'NG'IROQ YANGRADI
Mamlakatimiz bo‘ylab umumtaʼlim maktablarida "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Pastdarg‘om tuman hokimi J.Pardayev ham 12-umumtaʼlim maktabida tashkil qilingan tadbirda bo‘lib, yurtboshimizning o‘quvchilar hamda ustoz-murabbiylarga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi va barchani bilimlar kuni bilan mubarokbod etdi.
Shuningdek, maktabga ilk qadam qo'yayotgan 1-sinf o'quvchilari uchun Prezident sovg'alari topshirildi.
Tadbirdan so'ng, tuman hokimi tomonidan mazkur maktabning 9-sinf o‘quvchilari uchun mustaqillik darsi o‘tildi.
Shu kabi, tuman hokimi oʻrinbosarlarining har biri bittadan maktabda bo'lib, bunday tadbirlarda ishtirok etib, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlashyapti.
