BESHINCHI "USTOZLAR MILLIY FORUMI" O‘TKAZILDI
2026-08-21 14:05:00 / Yangiliklar

BESHINCHI "USTOZLAR MILLIY FORUMI" O‘TKAZILDI
Viloyat hokimi A. Boboyev ishtirokida “Sifatli taʼlim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida anʼanaviy beshinchi “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi.
Viloyat miqyosida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda boshqa tumanlar qatori Pastdarg‘om tumanidan ham katta eʼtibor bilan ishtirok etildi. Tuman hokimi J. Pardayev, tegishli o‘rinbosar, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi masʼullari, umumiy o‘rta taʼlim va kasb-hunar maktablari direktorlari hamda pedagoglar zoom platformasi orqali forumga faol qatnashdi.
Forumda tuman hokimi ulug‘ ayyom sanalmish – Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan barchani samimiy tabriklab, taʼlim sohasida so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar va yangi o‘quv yilida o‘qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifalar xususida so‘z yuritdi.
Jumladan, sifatli taʼlimni taʼminlash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini zamon talablariga moslashtirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish masalalari alohida taʼkidlandi.
Ushbu anʼanaviy forum yana bir bor ko‘rsatdiki, sifatli taʼlim – bu nafaqat bugungi kunning, balki kelajakning mustahkam poydevoridir. O‘qituvchilarning fidokorona mehnati, ularning bilim va tajribasi yosh avlodni barkamol, vatanparvar va raqobatbardosh shaxslar etib tarbiyalashda hal qiluvchi omil sanaladi.
