"OCHIQ BYUDJET" LOYIHALARI AMALDA
2026-08-21 10:05:00 / Yangiliklar

"OCHIQ BYUDJET" LOYIHALARI AMALDA
Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib borayotir.
Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, birma-bir taʼmirlanyapti.
Xususan, Sanchiqul mahallasida ham tashabbusli byudjet loyihasi asosida ichki yo‘llarda asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda mazkur mahalla ichki yo‘llarining 3 kilometrdan ortiq qismiga asfalt yotqizilib, loyiha bo‘yicha ishlar yakunlandi.
Endi ushbu mahallalar aholisi yana-da tekis va ravon yo‘llarda harakatlanadi.
