ISTIQLOL SHODIYONASI ARAFASIDA BOKS MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
2026-08-21 08:05:00 / Yangiliklar

ISTIQLOL SHODIYONASI ARAFASIDA BOKS MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Pastdarg‘om tumanida yoshlar o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada Pastdarg‘om tumani 1- va 2-son sport maktablari vakillari, Kattaqo‘rg‘on shahri, Payariq, Jomboy, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on tumanlari hamda Samarqand shahri jamoalari ishtirok etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar diplom, medallar hamda kubog bilan taqdirlandilar.
Bu kabi musobaqalar yoshlar o‘rtasida boks sport turini yana-da ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularning sport mahoratini oshirishga xizmat qiladi.
