NAVRO'Z MFY YOSHLARINING MUAMMOLARI O'RGANILDI
2026-08-20 16:05:00 / Yangiliklar

NAVRO'Z MFY YOSHLARINING MUAMMOLARI O'RGANILDI
Pastdarg‘om tumani hokimi J.Pardayev, DXX tuman masʼuli va tegishli mutasaddilar hamrohligida, "Payshanba - yoshlar kuni" munosabati bilan Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
105-umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashkil etilgan "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqotida o‘quvchi va uyushmagan yoshlar qatnashib, o‘zlarining muammo hamda takliflarini ilgari surdi.
Barcha masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.
Bu kabi uchrashuvlar nafaqat yoshlarning muammolarini aniqlash, balki ularning salohiyatini yuzaga chiqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
