"BIR NURONIY - O'N YOSHGA MAS'UL" KO'RIK TANLOVI O'TKAZILDI
2026-08-18 08:00:00 / Yangiliklar

"BIR NURONIY - O'N YOSHGA MAS'UL" KO'RIK TANLOVI O'TKAZILDI
"Nuroniy" jamg‘armasi Pastdarg‘om tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik-tanlovining Pastdarg‘om tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tuman Madaniyat uyida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarning yosh avlod tarbiyasi, ular bilan ishlashdagi faolligi hamda hayotiy tajribasi hakamlar hay’ati tomonidan atroflicha baholandi.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni — Paxtakor MFYdan Mallaev Tolib
2-o‘rinni — Yangiobod MFYdan Qilichov Raim
3-o‘rinni — Sh. Rashidov MFYdan Muhammedova Feruza qo'lga kiritdi.
G‘oliblar munosib taqdirlanib, tanlab olingan faollar musobaqaning keyingi viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, keksa avlodning boy hayotiy tajribasi har doim yoshlar tarbiyasi va barkamol avlod kamoloti uchun muhim hayotiy maktab bo‘lib xizmat qiladi.
