PASTDARG‘OMLIK RING MALIKASI CНEMPIONLIK BILAN QUTLANDI
2026-08-04 18:05:00 / Yangiliklar

PASTDARG‘OMLIK RING MALIKASI CНEMPIONLIK BILAN QUTLANDI
Yaqinda Indoneziyaning Jakarta shahrida boks sport turi bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqasi o‘tkazilgani va unda pastdarg‘omlik bokschi qiz SABRINA Chakamanova O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ringga ko‘tarilib, 54 kg vazn toifasidagi barcha janglarda to‘liq ustunlik bilan g‘alabaga erishgani xususida xabar qilgan edik.
Bugun tuman hokimi Jamshid Pardayev, barcha raqiblarini mag‘lub etib uyiga qaytgan Osiyo chempionining xonadonida bo‘lib, uni navbatdagi yutuq bilan samimiy tabrikladi va butun jahon mamlakatlari qarshisida yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targani uchun minnatdorlik bildirdi.
Chempionga to‘n kiydirildi, gullar, sovg'alar va tashakkurnoma taqdim etildi. Shuningdek, uning oila aʼzolari hamda murabbiylarining mehnatlari ham alohida eʼtirof etildi.
