TIBBIYOT XODIMLARI BILAN UCHRASHUV
2026-07-29 18:00:00 / Yangiliklar

TIBBIYOT XODIMLARI BILAN UCHRASHUV
Korrupsiya - butun insoniyat qarshi kurashayotgan global muammolardan biri sanaladi. U jamiyat va davlatni ich-ichidan yemiradigan va taraqqiyotga raxna soladigan illatdir.
Tuman hokimi o‘rinbosari va tibbiyot birlashmasi boshlig‘i ishtirokida tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham korrupsiyaga qarshi kurashish hamda sohada qonuniylikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlariga nafaqat o‘z ish joylari hamda hududlarini, balki yashash xonadonlarini ham doimo ozoda va obod saqlash muhimligi taʼkidlandi.
Xususan, ayni kunlarda olib borilayotgan "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida barcha tibbiyot xodimlari faol ishtirok etishga, jamoat ishlarida tashabbuskor bo‘lishga chaqirildi.
Har bir xodim o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan, vijdonan va adolat bilan ado etishi, fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda yuksak odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilishi lozimligi uqtirildi.
