PROFILAKTIK TADBIR O'TKAZILDI
2026-07-28 16:05:00 / Yangiliklar

PROFILAKTIK TADBIR O'TKAZILDI
Davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli qarori ijrosini taʼminlash, mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish va jamoat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari tomonidan Pastdarg‘om tumanida kompleks amaliy o‘rganishlar hamda profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Kriminologiya tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari va tuman masʼullari ishtirokida qizil toifaga kiritilgan “Kamolot” MFY faollari, "mahalla yettiligi" va ko‘chaboshilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallada huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilinib, profilaktika ishlarini manzilli va samarali tashkil etish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholi bilan ishlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish hamda mahallani qizil toifadan chiqarishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish hamda mahalla hududida namunaviy ko‘cha tashkil etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar taqdim etildi.
