KAMOLOT MFYNING YO‘LLARI YANADA OBOD BO‘LMOQDA
2026-07-23 14:05:00 / Yangiliklar

KAMOLOT MFYNING YO‘LLARI YANADA OBOD BO‘LMOQDA
Tumanimizdagi Kamolot mahallasida turli dastur va loyihalar hamda fuqarolar hamjihatligida, yo‘llar infratuzilmasini tubdan yaxshilash, ularni ravon holatga keltirish borasida keng ko‘lamli ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, qo‘shimcha dastur va chora-tadbirlar doirasida mahallaning 2,5 kilometrga yaqin ichki yo‘llarida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, mahalla ahlining faolligi va uyushqoqligi bilan tashabbusli byudjet loyihasi doirasida 3 kilometrga yaqin masofadagi ichki yo‘llarga to‘liq asfalt yotqizilib, zamonaviy va ravon holatga keltirildi. Bundan tashqari, yana 500 metr ichki yo‘llar hashar yo‘li orqali asfaltlashtirildi.
“El-yurt obodligi — avvalo, har bir mahalla va xonadonning birligidan boshlanadi.” Kamolot mahallasi aholisining bu kabi bunyodkorlik tashabbuslari hudud qiyofasini tubdan o‘zgartirib, fuqarolarning kundalik turmush tarzidagi qulayliklarni taʼminlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
