KAROMATNING SHAROFATI BILAN KICHIK NAYMAN MFYDA WORKOUT MAYDONI QURILADI
2026-07-18 08:05:00 / Yangiliklar

KAROMATNING SHAROFATI BILAN KICHIK NAYMAN MFYDA WORKOUT MAYDONI QURILADI
oriy yilning 13-15-iyul kunlari Olimpia shaharchasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Pastdarg‘om tumani Kichik Nayman mahallasida yashovchi Karomat Kuchimova ham ishtirok etib, F46 klassi bo‘yicha uzunlikka sakrash bahslarida 1,85 metr natija qayd etdi va faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Yosh matonat sohibasining ushbu yutug‘i munosabati bilan endi Kichik Nayman mahallasiga Sport vazirligi tomonidan street workout sport maydonchasi qurib beriladi.
Biz tumandoshimizni muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
