YO'LLAR OBOD - KO'NGILLAR SHOD
2026-07-17 12:00:00 / Yangiliklar

YO'LLAR OBOD - KO'NGILLAR SHOD
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi "Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" 665-sonli qaroriga muvofiq, tumanimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, shu kunlarda Gulakandoz mahallasining ichki ko'chalarida 1 kilometr 700 metr masofadagi asfaltlashtirish ishlari olib borildi.
Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, harakat xavfsizligini taʼminlash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar davom etadi.
