"BESH TASHABBUS" OLIMPIADASI DOIRASIDA
2026-07-17 08:00:00 / Yangiliklar

"BESH TASHABBUS" OLIMPIADASI DOIRASIDA
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning kurash turi bo‘yicha 18–30 yosh toifasidagi yigit va qizlar o‘rtasida “Bosh prokuror kubogi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman va shaharlardan saralab olingan eng kuchli polvonlar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bordilar.
Mazkur musobaqada Pastdarg‘om tumani vakillari ham munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi.
Jumladan,
Umida Abduxamidova (Qoramang‘it mahallasi) – 57 kg vazn toifasida 1-o‘rinni,
Sevara Normirzayeva (Tinchlik mahallasi) – +70 kg vazn toifasida 1-o‘rinni,
Jamshid Umirzakov (Temurxo‘ja mahallasi) – 73 kg vazn toifasida 3-o‘rinni,
Akobur Aliqulov (Bobur mahallasi) – 81 kg vazn toifasida 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz hamda respublika bosqichida ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
