#EʼTIROF!
2026-07-15 17:00:00 / Yangiliklar

#EʼTIROF!
🇺🇿Pastdarg‘om tumani Ilm mahallasida yashovchi, bugungi kunda Samarqand davlat universiteti Yoshlar yetakchisi bo‘lgan Allayor Norboyev yuksak eʼtirof – "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Yosh tumandoshimizning fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va yoshlar bilan olib borayotgan samarali faoliyatiga qilingan eʼtibor belgisi sanalmish ko‘krak nishonini viloyat hokimi A.Boboyevning shaxsan o‘zi topshirdi.
Allayor Ismoilovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Maʼlumot uchun, mazkur mukofot milliy maʼnaviyatimiz, boy madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik hamda fidoyilik fazilatlarini namoyon etib, Vatanimiz ravnaqi, uning xalqaro nufuzi va yoshlar siyosatini rivojlantirish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan tashabbuskor yoshlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida taqdim etiladi.
