NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI
2026-07-15 16:00:00 / Yangiliklar

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI
Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda tuman hokimi o‘rinbosari va masʼul korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan kadastr, kredit va tadbirkorlik uchun joy kabi turli murojaatlar kelib tushdi.
Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, qabul so‘ngida hozirga qadar o‘tkazilgan tadbirkorlar qabullarida kelib tushgan murojaatlar ijrosi yuzasidan tahliliy muhokama o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.
