YOZGI TAʼTIL MAROQLI VA UNUMLI O‘TMOQDA
2026-07-09 12:05:00 / Yangiliklar

YOZGI TAʼTIL MAROQLI VA UNUMLI O‘TMOQDA
Yozgi taʼtil o‘quvchilar uchun nafaqat dam olish, balki o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va yangi bilimlar egallash uchun ayni fursat.
Eski Juma mahallasidagi 12-maktabda tashkil etilgan "Davraga kel, dugonajon!" shiori ostidagi qiziqarli tadbir ham aynan shu maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda, hududdagi qizlarni ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga, ijodiy izlanishlarga hamda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirishga undash ko‘zda tutildi.
Sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar, kitobxonlik bahslari hamda mantiqiy fikrlashni talab qiluvchi shashka-shaxmat bellashuvlari ishtirokchi qizlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Albatta, yozgi taʼtil davrida o‘tkazilayotgan bunday maʼrifiy va sport tadbirlari qizlarimizning dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatimizda faol va tashabbuskor bo‘lishga undaydi.
