XOTIN-QIZLAR UCHUN HUQUQIY SEMINAR
2026-07-08 08:00:00 / Yangiliklar

XOTIN-QIZLAR UCHUN HUQUQIY SEMINAR
Xabaringiz bor, tumanimiz bo‘ylab hududlar kesimida “Ayollar daftari”ning huquqiy yordamga muhtoj toifasiga kiritilgan xotin-qizlar uchun huquqiy targ‘ibot seminarlari o‘tkazilmoqda.
11-son musiqa va sanʼat maktabining faollar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdagi seminarda prokuror o‘rinbosari, tuman hokimligi masʼullari, Adliya bo‘limi rahbari, IIB vakillari hamda FXDYO inspektorlari ishtirok etib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya masalalari hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berishdi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
Bu kabi tadbirlar xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy yechim topishda ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
