TEZKOR REYD TADBIRLARI O‘TKAZILDI
2026-07-03 12:05:00 / Yangiliklar

TEZKOR REYD TADBIRLARI O‘TKAZILDI
Pastdarg‘om tumani hokimligi, MIB hamda tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tumanda soliq intizomini mustahkamlash yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganishlar davomida soliq to‘lovlarini to‘lamay kelayotgan fermer xo‘jaliklarining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.
Qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmagan va soliq majburiyatlarini o'z vaqtida bajarishdan bo‘yin tovlagan ayrim fermer xo‘jaliklariga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rildi.
Xususan, soliq qarzdorligini to‘lashdan bosh tortgan fermer xo‘jaliklarining maxsus texnikalari va avtomobillari tegishli tartibda xatlanib, jarima maydonchalariga vaqtincha saqlash uchun olib borildi.
Hurmatli yer egalari va fermerlar!
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish nafaqat qonun talabi, balki hududimiz iqtisodiy rivojlanishi hamda fermer xo‘jaliklari faoliyatining barqarorligini taʼminlash uchun muhim omil hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Oʻzbekiston Respublikasining "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni 17-moddasi birinchi qismining 13-xatboshiga asosan fermer xoʻjaligi zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlash majburiyati yuklatilgan.
