KELAJAK EGALARI BILAN UCHRASHUV
2026-06-25 19:25:00 / Yangiliklar

KELAJAK EGALARI BILAN UCHRASHUV
Payshanba — "Yoshlar kuni" munosabati bilan, tuman hokimi Jamshid Pardayev DXX masʼullari hamrohligida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand Davlat texnika Universitetida taʼlim olayotgan pastdarg‘omlik bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning kelgusidagi rejalari hamda ularni qiynayotgan masalalar bilan qiziqilish barobarida, tumanimizda bilimli va salohiyatli kadrlarga ehtiyoj borligi taʼkidlanib, talaba yoshlardan o‘z tanlagan sohasini puxta o‘zlashtirishlari so‘raldi.
Tuman hokimi yoshlarni yurtimiz kelajagi va taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi ekanligini qayd etib, ularni o‘z ustida tinmay ishlashga, Vatanimiz ravnaqi va har tomonlama yuksalishi uchun munosib hissa qo‘shishga chorladi.
O‘z navbatida talabalar ham o‘z taklif masalalarini o‘rtaga tashladi.
Xususan, yoshlar tomonidan ishga joylashish, kredit kabi bir qator masalalar ilgari surilib, ularning yechimlari yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
