XORIJIY INVESTORLAR BILAN ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
2026-06-24 10:05:00 / Yangiliklar

XORIJIY INVESTORLAR BILAN ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
Tuman hokimi J.Pardayev, Koreya Respublikasi kapitali ishtirokida tashkil etilgan “SANKEI HANN SOGIM” MCHJ taʼsischisi janob Her Woojisk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda tumanimizda Koreyalik investorlar hamkorligida bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, xususan, bio o‘g‘itlar ishlab chiqarish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zamonaviy plazmali sovutish texnologiyasi asosida saqlash va qayta ishlash tizimini tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, uchrashuvda mazkur loyihalar ishga tushishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va hosildorligining oshishi, eksport salohiyatining kengayishi hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishi alohida taʼkidlanib, ularni amalga oshirish uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
O‘z navbatida tuman hokimi ham, investorlarga Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlik va investitsiya faoliyati uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida maʼlumot berib, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida esa, har ikki tomon vakillari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish va kelishilgan loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.
