NAVBATDAGI APPARAT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
2026-06-23 10:00:00 / Yangiliklar

NAVBATDAGI APPARAT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Tuman hokimi J.Pardayev, IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari, tegishli o‘rinbosarlar, prokuratura masʼullari, korxona va tashkilotlar vakillari, faollar ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.
Muhokamada, tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, kambag‘allikni qisqartirish, soliq va boshqa kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash, aholi murojaatlari va ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, aholi tomorqasi va ijara yerlaridan unumli foydalanish, "Yashil makon" dasturi asosida ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish tizimi kabi masalalarga ham alohida eʼtibor qaratilib, bu boradagi vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan muddatlar belgilandi.
