“Ayollar daftari” doirasidagi ishlar samaradorligi muhokama qilindi
2026-06-18 18:05:00 / Yangiliklar

“Ayollar daftari” doirasidagi ishlar samaradorligi muhokama qilindi
Bugun, Pastdarg‘om tumanida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini manzilli hal etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi, viloyat hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda shtab a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarni “xonadonbay” tartibda hal etish hamda ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
