#sessiya
2026-02-16 08:50:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibiga kiritilgan 5 ta masala atroflicha muhokama qilinib, ularning barchasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya ishida:
1-masala yuzasidan O‘rta Chirchiq tuman hokimi Kasimov Ixtiyor Rustamovich
2-masala yuzasidan O‘rta Chirchiq tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Kushbayev Elyor Baxtiyorovich
3-masala yuzasidan O‘rta Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i-ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri Islomova Muyassar Muxitdinovna
4 va 5-masalalar yuzasidan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi Djumanova Rano Amanovnalar hisobot berdilar.
Mazkur sessiya tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan muhim masalalarni hal etishga xizmat qildi.






