📌 MUROJAATLAR TINGLANDI, MUAMMOLARGA YECHIM IZLANDI
2026-10-13 10:05:00 / Yangiliklar

#qabul
#oltinsoy
📌 MUROJAATLAR TINGLANDI, MUAMMOLARGA YECHIM IZLANDI
📅 2026-yil 13-oktabr kuni Oltinsoy tumani hokimi o‘rinbosari Shavkat Mo‘minov tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berilib, muammolarni qonuniy tartibda hal etish va ularning ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, muammolarga amaliy yechim topish va aholi roziligini ta’minlash.
Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati
📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram









