“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari
2026-06-04 11:00:00 / Yangiliklar

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan va O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi. Unda turli sohalardagi islohotlar, iqtisodiy o‘sish, ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimlarining takomillashtirilishi, ekologik barqarorlikni ta’minlash va davlat boshqaruvini zamonaviylashtirish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat:
- har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
- barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
- suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
- qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
- “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi O‘zbekistonda har bir yilga beriladigan nomlardan kelib chiqib qabul qilinadigan Davlat dasturlari asosida amalga oshirib boriladi. Strategiyani to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik dasturlarni tayyorlash va ijrosini muvofiqlashtirish “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi zimmasiga yuklangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman
sudining tergov sudyasi I.Ergashev
