📌 FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-10-12 14:05:00 / Yangiliklar

#qabul
#oltinsoy
📌 FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
Bugun 12.10.2026 yil sanasida Oltinsoy tumani hokimi o‘rinbosari Xurram Lapasov tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularning mazmuni atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy hal etish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish va har bir masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Maqsad — har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmagan holda, fuqarolar muammolariga o‘z vaqtida va amaliy yechim topish.
#Oltinsoy #ShaxsiyQabul #FuqarolarMurojaati
Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati
📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram








