Murojaatdan — amaliy yechimga: tuman hokimi fuqarolarni qabul qildi
2026-09-11 14:55:00 / Yangiliklar

#qabul
#oltinsoy
Murojaatdan — amaliy yechimga: tuman hokimi fuqarolarni qabul qildi
Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va takliflarini bevosita tingladi.
Qabul davomida aholining turli yo‘nalishlardagi — ijtimoiy masalalar, bandlik, tadbirkorlik, yer, uy-joy, kommunal xizmatlar, infratuzilma hamda boshqa dolzarb muammolar bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Har bir masala bo‘yicha mas’ullarning axboroti eshitilib, murojaatlarning qonuniy, tezkor va amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Qabulda tuman prokurori Ravshan Turdiyev, tuman IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Akrom Turdiyev ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularga yechim topish jarayonida faol qatnashdilar.
Aholi murojaati — e’tiborda. Har bir muammo — nazoratda. Asosiy maqsad — natija.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va mas’ullarga aniq vazifalar belgilash orqali murojaatlarning ijobiy hal etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿🇺🇿Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati
📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram




