📋 Oltinsoy tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-08-07 15:30:00 / Yangiliklar

#qabul
📋 Oltinsoy tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabulda fuqarolarning ijtimoiy, kommunal, yer, bandlik hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Qabul jarayonida tuman prokurori Ravshan Turdiyev ham ishtirok etib, murojaatlar yuzasidan o‘z vakolati doirasidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Har bir murojaat bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi, ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini joyida o‘rganib, amaliy yechim topish bunday qabullarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
#Oltinsoy
#FuqarolarQabuli
#OtabekMavlyanov
#RavshanTurdiyev
#XalqBilanMuloqot
✍️🇺🇿🇺🇿Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati 🇺🇿🇺🇿
📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram








