Tuman hokimi Otabek Mavlyanov sayyor qabul o‘tkazdi
2026-07-31 14:55:00 / Yangiliklar
Bugun Oltinsoy tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga joyida yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

#qabul
#oltinsoy
Tuman hokimi Otabek Mavlyanov sayyor qabul o‘tkazdi
Bugun Oltinsoy tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga joyida yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul tumandagi "Bo‘ston" mahallasi hududida joylashgan 1-sonli umumta'lim maktabi binosida tuman hokimi Otabek Mavlyanov rahbarligida tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, elektr ta'minoti, ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ijobiy yechim topdi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilish tamoyilini amalda ta'minlashga xizmat qilmoqda.
📍✍️🇺🇿🇺🇿Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati 🇺🇿🇺🇿
📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram









