OVCHI MAHALLASIDAGI 26-SONLI MAKTAB REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA
2026-07-13 10:00:00 / Yangiliklar
Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov "Ovchi" mahallasida rekonstruksiya qilinayotgan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

#Ovchi
#qurilish
#taʼlim
OVCHI MAHALLASIDAGI 26-SONLI MAKTAB REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA
Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov "Ovchi" mahallasida rekonstruksiya qilinayotgan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida rekonstruksiya ishlari, jumladan, yangi o‘quv binosi qurilishi, qurilish-montaj ishlarining sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida 270 o‘rinli yangi o‘quv binosini barpo etish rejalashtirilgan.
Tuman hokimi mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, har bir bosqichni belgilangan loyiha asosida olib borish hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Qayd etilganidek, maktabning rekonstruksiya qilinishi va yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi o‘quvchilar uchun zamonaviy hamda qulay ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifati va qamrovini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✍️🇺🇿🇺🇿Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati 🇺🇿🇺🇿
📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram









