👥 Payshanba – yoshlar kuni: Qoratepalik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-07-09 11:20:00 / Yangiliklar
Oltinsoy tumanida "Payshanba – yoshlar kuni" munosabati bilan "Qoratepa" mahallasi yoshlarining muammo va takliflarini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

#ochiq_muloqot
#oltinsoy
👥 Payshanba – yoshlar kuni: Qoratepalik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Oltinsoy tumanida "Payshanba – yoshlar kuni" munosabati bilan "Qoratepa" mahallasi yoshlarining muammo va takliflarini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev hamda DXX tuman bo‘linmasi rahbari Jamshid Najmitdinov ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbat qurdi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bandlik, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta'lim, sport, uy-joy, kredit olish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar egallashi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini topish hamda davlat organlari bilan yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🇺🇿🇺🇿Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati 🇺🇿🇺🇿
📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram






